Shahnoza Haydarova — Osiyo chempioni

Date:

O‘zbekiston yoshlar sportida yana bir yorqin natija! Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan Shahnoza Haydarova o‘zining yuksak mahorati va kuchini namoyon etdi.

-69 kg vazn toifasida bahs olib borgan sportchimiz siltab ko‘tarishda 121 kg natija qayd etib, yoshlar o‘rtasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ikki kurashda esa 220 kg natija bilan barcha raqiblarini ortda qoldirib, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni bo‘ldi.

Shahnoza o‘smirlar o‘rtasida ham dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va ikki kurash yo‘nalishlarining barchasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, yosh sportchi chempionatda jami 5 ta oltin va 1 ta kumush medal sohibiga aylandi. Bu natija Shahnozaning irodasi, mehnati va yuksak sport mahoratining yorqin ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun