Migratsiya va kiberxavfsizlik — e’tibor markazida

Date:

Xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar va ularning oila a’zolarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, internet firibgarligidan himoyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Qumqo‘rg‘on tumanida Rossiya Federatsiyasida mehnat qilayotgan fuqarolarning oila a’zolari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirga tuman hokimi Farrux Xoliqov hamda tuman IIB boshlig‘i Muxiddin Amonturayev rahbarlik qildi.

Uchrashuvda migratsiya qonunchiligi talablariga rioya etish, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va ularning amal qilish muddatlarini nazorat qilish, xorijda mehnat qilayotgan yaqinlar bilan doimiy aloqada bo‘lish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarga kiberjinoyatchilik va internet firibgarligidan ehtiyot bo‘lish, noma’lum havolalarni ochmaslik, shubhali qo‘ng‘iroq va xabarlarga ishonmaslik, bank karta ma’lumotlari hamda SMS-kodlarni begonalarga bermaslik yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bunday profilaktik tadbirlar aholining huquqiy va raqamli savodxonligini oshirish, migratsiya bilan bog‘liq muammolarni barvaqt aniqlash hamda kiberjinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stadion zamonaviy talablarga moslashtiriladi

Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoit yaratish va...

TerDUda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Ta’lim, sport va dam olish uchun zamonaviy infratuzilma yaratish...

Ekstremizm: huquqiy mexanizmlar kuchaytirilmoqda

Jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ekstremizmning...

Obod mahalla, baxtli bolalik

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish —...
KunTun
KunTun