Obod mahalla, baxtli bolalik

Date:

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish — mahallalar obodligi va aholi farovonligining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Shu maqsadda Qumqo‘rg‘on tumanida ham bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.

Xususan, Neftchilar mahallasida bolajonlarning mazmunli hordiq chiqarishi, bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishi va jismoniy faolligini oshirishga mo‘ljallangan zamonaviy bolalar o‘yingohi qurilishi boshlandi.

Loyiha doirasida hududda zamonaviy va xavfsiz o‘yin jihozlarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Yangi o‘yingoh mahalla bolalari uchun quvonchli maskanga, ota-onalar uchun esa farzandlarining vaqtini mazmunli o‘tkazishi mumkin bo‘lgan qulay hududga aylanadi.

Bunday bunyodkorlik ishlari mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun munosib sharoit yaratish va bolalar salomatligi hamda kamolotiga xizmat qiladigan muhitni shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun