Harbiylar shaxmat taxtasida kuch sinashdi

Date:

Mustaqillik — xalqimizning tinch va osoyishta hayoti, yurtimiz sarhadlarining daxlsizligi va ertangi kunimizga ishonchning mustahkam kafolatidir. Ulug‘ ayyomning 35 yilligi arafasida mamlakatimizda Vatan himoyachilarining jismoniy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar ham izchil davom etmoqda.

Termiz tumanida joylashgan harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Unda mantiqiy fikrlash, strategik yondashuv va tezkor qaror qabul qilish mahoratiga ega harbiy xizmatchilar o‘zaro bahslashdi.

Shaxmat — chuqur tahlil, sabr va har bir vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilishni talab etadigan sport turi. Bu fazilatlar esa Vatan himoyachisi uchun muhim kasbiy ko‘nikmalardan sanaladi. Shu jihatdan, bunday musobaqalar harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyati va jangovar tayyorgarligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Xalqaro shaxmat qoidalari asosida o‘tkazilgan turnir qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Har bir partiyada ishtirokchilar o‘zlarining nafaqat shaxmatdagi mahorati, balki strategik fikrlash va vaziyatni to‘g‘ri baholash qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar maxsus diplom, kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi. Turnir harbiy xizmatchilar o‘rtasida do‘stlik va jamoaviy ruhni mustahkamlash, yosh harbiylar uchun esa o‘ziga xos mahorat maktabi bo‘lib xizmat qildi.

Shukrullo TOLIPJONOV,
DXX ChQ ofitseri

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Obod mahalla, baxtli bolalik

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish —...

Migratsiya va kiberxavfsizlik — e’tibor markazida

Xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar va ularning oila a’zolarini huquqiy...

Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar garovi

Har bir bola sifatli ta’lim-tarbiya olish va o‘z qobiliyatini...

Qulaylik yaratildi

Aholiga sifatli va tezkor veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda mutaxassislarning zarur...
KunTun
KunTun