Mustaqillik shukuhi — har bir xonadonda

Date:

Mustaqillik — xalqimiz uchun eng ulug‘ ne’mat, tinch va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Bu qutlug‘ ayyom arafasida inson qadrini ulug‘lash, mehr va e’tiborni yuksaltirishga qaratilgan ezgu tashabbuslar yanada ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumani Paxtakor mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro Feruza Djumayeva xonadonida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida xonadon sohiblariga bayram sovg‘alari va ezgu tilaklar ulashildi. Ayniqsa, farzandlarning sovg‘alardan quvonib, bayram shukuhini his etgani tashrifga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Bugun ushbu xonadonda yaratilgan sharoitlar — inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi e’tiborning amaliy ifodasidir.

Mustaqillik bayrami arafasidagi bunday ezgu ishlar xonadonlarga quvonch, qalblarga mehr va ertangi kunga ishonch olib kirib, xalqimizning bayramona kayfiyatini yanada yuksaltirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bukhara Open”dan 10 medal

Buxoro shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Bukhara Open” VII xalqaro...

Harbiylar shaxmat taxtasida kuch sinashdi

Mustaqillik — xalqimizning tinch va osoyishta hayoti, yurtimiz sarhadlarining...

Qumqo‘rg‘onlik qizlar gandbolda g‘olib

Termiz shahridagi “Surxon arena” sport majmuasida yoshlar o‘rtasida “Besh...

Bandixonda yangi bunyodkorlik obyekti

Mustaqillik — xalqimizning tinch va farovon hayoti, yurtimizdagi bunyodkorlik...
KunTun
KunTun