Qumqo‘rg‘onlik qizlar gandbolda g‘olib

Date:

Termiz shahridagi “Surxon arena” sport majmuasida yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gandbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda 17–30 yosh toifasidagi tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng sara jamoalar ishtirok etdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar chaqqonlik, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviy o‘yin mahoratini namoyish etdilar.

Musobaqa yakunida:
1-o‘rin — Qumqo‘rg‘on tumani, “Navbahor” mahallasi jamoasi;
2-o‘rin — Jarqo‘rg‘on tumani, “Zartepa” mahallasi jamoasi;
3-o‘rin — Denov tumani, “Shamoli” mahallasi jamoasi.

G‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.

Mazkur musobaqa yoshlar, xususan, qizlar o‘rtasida gandbolni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularning mahoratini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDUda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Ta’lim, sport va dam olish uchun zamonaviy infratuzilma yaratish...

Ekstremizm: huquqiy mexanizmlar kuchaytirilmoqda

Jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ekstremizmning...

Obod mahalla, baxtli bolalik

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish —...

Migratsiya va kiberxavfsizlik — e’tibor markazida

Xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar va ularning oila a’zolarini huquqiy...
KunTun
KunTun