Bandixonda yangi bunyodkorlik obyekti

Date:

Mustaqillik — xalqimizning tinch va farovon hayoti, yurtimizdagi bunyodkorlik va yangilanishlar uchun mustahkam zamin yaratgan eng ulug‘ ne’matdir. Qutlug‘ ayyomning 35 yilligi arafasida Surxondaryoda ana shunday ezgu o‘zgarishlar izchil davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16–17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Bandixon tumani soliq inspeksiyasi uchun yangi bino barpo etilmoqda. Umumiy qiymati 4,4 milliard so‘m bo‘lgan zamonaviy bino soliq xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish bilan birga, fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga ham xizmat qiladi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov qurilish jarayoni bilan tanishib, obyektni sifatli va belgilangan talablar asosida yakunlash, shuningdek, fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Yurtimiz mustaqilligi shukuhi bilan uyg‘unlashgan bunday bunyodkorlik ishlari Bandixonning zamonaviy qiyofasini yanada boyitib, aholiga qulay va munosib xizmat ko‘rsatish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun