Yong‘in xavfsizligi — muhim talab

Date:

Qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish inson hayoti va sog‘lig‘ini asrash, moddiy boyliklarni himoya qilish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois qurilish obyektlarida fuqarolar muhofazasi va yong‘in xavfsizligi talablariga alohida e’tibor qaratish zarur.

Amaldagi me’yor va qoidalarga muvofiq, qurilish jarayonida quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:

  • tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan yong‘inga qarshi tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish;
  • yong‘inga qarshi kurash vositalarining mavjudligi hamda ularning doimo soz holatda bo‘lishini ta’minlash;
  • yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda qurilish obyekti va maydonchasidagi odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish hamda qutqarish choralarini ko‘rish;
  • moddiy boyliklarni yong‘indan himoya qilish bo‘yicha zarur tadbirlarni amalga oshirish.

Binodan foydalanish davrida uning texnik holati hamda yong‘inga qarshi himoya vositalari loyiha va texnik hujjatlar talablariga muvofiq ishchi holatda saqlanishi kerak.

Shuningdek, tasdiqlangan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, amaldagi me’yorlar asosida ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihasiz binoning konstruktiv, hajmiy-rejaviy hamda muhandislik-texnik yechimlarini o‘zgartirmaslik zarur.

Ta’mirlash ishlari davomida esa amaldagi xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qurilmalar va ashyolardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.

Agar bino yoki uning ayrim qismlarida odamlar soni yoxud yong‘in yuklamasi bo‘yicha cheklovlar belgilangan bo‘lsa, bu haqdagi ma’lumotlar tegishli joylarda ko‘rsatilishi kerak. Bino ma’muriyati tomonidan yong‘inning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish va qutqarish bo‘yicha zarur choralar rejasi ishlab chiqilishi lozim.

Yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish — shunchaki qoida emas, inson hayotini asrashga qaratilgan muhim mas’uliyatdir.

J.Kuchkeldiyev,
Surxondaryo viloyati FVB SHSPB katta inspektori kapitan

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Millat Shavkati” — tarixiy xotira va milliy o‘zlik haqida

Kitob — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy tajribasi va bugungi...

Obod mahalla sari ezgu tashabbus

Mahalla obodligi, avvalo, shu hududda yashayotgan aholining daxldorligi va...

Muammoga manzilli yondashuv

Mahallalarda aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, bandlikni ta’minlash...

Yong‘in xavfsizligi — muhim talab

Qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish inson hayoti...
KunTun
KunTun