Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat xizmatida faoliyat yuritayotgan xodimlarning bilim va ma’naviy salohiyatini oshirishda kitobxonlik muhim ahamiyatga ega. Shu bois bu boradagi tashabbuslar mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Surxondaryo viloyatida davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida “Viloyat hokimi sovrini” uchun “Kitobxon davlat xizmatchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, bosh sovrin — “Damas” rusumli avtomashina Sho‘rchi tumanidagi 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Ra’no Oqboyevaga tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur ko‘rik-tanlov davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish va ma’naviy salohiyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

