“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Date:

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bitiruvchilari o‘rtasida an’anaviy “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovning asosiy maqsadi ijtimoiy himoya sohasida izlanish olib borayotgan yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda ilg‘or tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashishdan iborat.

Tantanali taqdirlash marosimida Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, nufuzli ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, xalqaro hamkorlar — Osiyo taraqqiyot banki (ADB) hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) mutasaddilari ishtirok etdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, magistrantlar o‘rtasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti vakili Zilola Ochilova birinchi, Termiz davlat universiteti magistranti Marjona Salimova ikkinchi, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakili Xurshida Xodjayeva uchinchi o‘rinni egalladi.

Mazkur tanlov yoshlarning ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning amaliy ahamiyatga ega taklif va ishlanmalarini rag‘batlantirishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun