Sud qarori endi shart emas

Date:

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatga moslashuvi va munosib turmush kechirishiga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda boshpanasiz shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimida yangi tartiblar joriy etilmoqda.

Prezident qaroriga ko‘ra, Ichki ishlar organlarining Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari endilikda Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlari deb nomlanadi. Shuningdek, boshpanasiz shaxslarni ushbu markazlarga sud qarori asosida joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.

Joriy yilning 1-sentyabridan boshlab boshpanasiz shaxslar ijtimoiy markazlarga o‘z roziligi bilan joylashtiriladi. 2026-yil 1-oktyabrdan esa ushbu markazlarga joylashtirilgan fuqarolar ishsiz deb e’tirof etilib, ularni kasb-hunarga o‘qitish uchun maxsus vaucherlar ajratiladi.

Mazkur o‘zgarishlar boshpanasiz shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni kasbga o‘rgatish va jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiya qilishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun