Sun’iy intellekt yordam beradi

Date:

Raqamli texnologiyalarni davlat xizmatlariga keng joriy etish fuqarolarga qulaylik yaratish, xizmatlar sifatini oshirish va noqonuniy holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda soliq tizimida ham zamonaviy sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish ko‘lami kengaytirilmoqda.

Joriy yilning sentyabr oyidan boshlab «Soliq» mobil ilovasida keshbek bilan bog‘liq shubhali operatsiyalarni aniqlashga yordam beruvchi AI yordamchi ishga tushiriladi. Yangi tizim orqali fuqarolar chek bo‘yicha keshbek olish imkoniyatini tekshirishi, sun’iy intellekt esa shubhali operatsiyalarni tezkor tahlil qilishi mumkin bo‘ladi. Biroq yakuniy qaror soliq organlari xodimlari tomonidan qabul qilinadi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlariga tezkor javob berish maqsadida «AI murojaatlar» chatbotini ishga tushirish ham rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, 1 foizlik keshbek tizimini bekor qilish bo‘yicha hozircha rasmiy qaror qabul qilinmagan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa yutuqli o‘yinlar tajriba tariqasida joriy etilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun