“Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari”

Date:

Yosh avlodning ma’naviy-axloqiy kamolotini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va ularda Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy loyihalar tobora keng quloch yozmoqda. Bunday tadbirlar bolalarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim o‘rin tutadi.

Uzun tumanidagi “Janub gavhari” sog‘lomlashtirish oromgohida “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” loyihasi o‘tkazildi. Tadbirda olimlar, adiblar, shoirlar, san’at namoyandalari hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari ishtirok etib, bolalar bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazdi. Shuningdek, ular uchun qiziqarli madaniy dasturlar namoyish etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” kitobi sovg‘a qilindi. Mazkur loyiha yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, kitobxonlikka mehr uyg‘otish hamda ularni bilimli, vatanparvar va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtihonda imtiyozi bor

Ta'limda teng imkoniyatlarni ta'minlash, alohida ta'lim ehtiyojiga ega bolalar...

Sun’iy intellekt yordam beradi

Raqamli texnologiyalarni davlat xizmatlariga keng joriy etish fuqarolarga qulaylik...

Sud qarori endi shart emas

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Ming gektardan oʻn ming tonna hosil…

Qishloq xo‘jaligida yer maydonlaridan oqilona foydalanish va takroriy ekinlarni...
KunTun
KunTun