Qoidani qayta buzgan chegirmadan mahrum boʻladi

Date:

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda haydovchilarning mas’uliyatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda qo‘pol qoidabuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik takomillashtirilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yo‘l harakati xavfsizligi tizimiga oid qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Loyihaga ko‘ra, qo‘pol qoidabuzarliklarni takroran sodir etgan haydovchilar ma’muriy jarimalarni chegirma bilan to‘lash huquqidan ma’lum muddatga mahrum etilishi mumkin.

Shuningdek, yo‘l bezoriligi, noqonuniy poyga uyushtirish, transport vositasini mast holda boshqarish kabi xavfli qoidabuzarliklar uchun avtomobilni sud qarori bilan 6 oydan 1 yilgacha muddatga vaqtincha olib qo‘yish taklif etilmoqda. Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish oqibatida og‘ir tan jarohati yoki o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lsa, avtomobilni topshirgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi nazarda tutilmoqda.

Qonun tashabbuskorlariga ko‘ra, mazkur o‘zgartirishlarning asosiy maqsadi jazolarni keskinlashtirish emas, balki xavfli qoidabuzarliklarning oldini olish, haydovchilar mas’uliyatini oshirish va yo‘llarda inson hayoti xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

Mazkur hujjat hozircha birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasi bo‘lib, u barcha qonunchilik bosqichlaridan o‘tib, kuchga kirgandan so‘ng amalda qo‘llaniladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

JASORAT — SINOVDA TOBLANADI!

Bandixon tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida Vatan himoyasi, mardlik va...

Qoidani qayta buzgan chegirmadan mahrum boʻladi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda...

Tezlikni oshirsa, jazosi qatʼiy

Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish hamda...

Usta-dehqon tajribasi yoshlar bandligiga xizmat qilmoqda

Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tomorqadan samarali foydalanish madaniyatini shakllantirish va...
KunTun
KunTun