Ezgu maqsad yo‘lida

Date:

Sho‘rchi tumanidagi “Xurlik” mahallasida aholi tashabbusi bilan hashar yo‘li orqali piyodalar yo‘lakchasi barpo etilmoqda. Ezgu maqsad yo‘lida birlashgan mahalla ahli o‘z mehnati bilan hudud infratuzilmasini yaxshilashga munosib hissa qo‘shmoqda.

Yangi yo‘lak foydalanishga topshirilgach, bolalar, nuroniylar va barcha mahalla aholisi uchun xavfsiz hamda qulay harakatlanish imkoniyati yaratiladi. Eng muhimi, ushbu tashabbus fuqarolarning faolligi, o‘zaro hamjihatligi va mahalla ravnaqiga daxldorlik tuyg‘usining amaliy ifodasiga aylandi.

“Xurlik” mahallasida amalga oshirilayotgan bu xayrli ish birdamlik va jamoaviy mehnat bilan hududlarni obod etish, aholi turmush sifatini yaxshilash mumkinligini yana bir bor namoyon etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...

O‘zlashtirish odatga aylanganda

Internetda birgina tugma orqali maqola, surat yoki musiqani ko‘chirib,...
KunTun
KunTun