Maqsadli magistratura tizimi joriy etiladi

Date:

Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar uchun pedagogika yo‘nalishida maqsadli magistratura tizimi joriy etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, pedagoglar ishdan ajralmagan holda masofaviy ta’lim shaklida tahsil oladi. Magistraturani tamomlagan o‘qituvchilar esa uch yil davomida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida mehnat faoliyatini davom ettirishi belgilandi.

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab ushbu tizim Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida yo‘lga qo‘yiladi. Qaror tajribali pedagoglarning ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim va kompetensiyalarini mustahkamlash hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladigan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...

O‘zlashtirish odatga aylanganda

Internetda birgina tugma orqali maqola, surat yoki musiqani ko‘chirib,...
KunTun
KunTun