Mahallaning obodligi faqat toza ko‘chalar bilan emas, balki daraxtlar soyasi, yashil hududlarning yaqinligi va ularning qay darajada parvarishlanishi bilan ham belgilanadi. Shu bois ko‘kalamzorlashtirishda ko‘chat ekish bilan birga, mavjud daraxtlarni asrash va yashil hududlarni ko‘paytirish ham muhim.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentyabrdagi PF-206-son Farmoni bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda yashillik darajasini oshirish va aholi uchun qulay ekologik muhit yaratishga qaratilgan vazifalar belgilandi.
Farmonga muvofiq, mahallalarda “3–30–300” xalqaro standarti joriy etiladi.
U har bir inson hisobiga 3 ta daraxt to‘g‘ri kelishi, hududning 30 foizi daraxtlar soyasi bilan qoplanishi va 300 metr atrofida yashil hudud bo‘lishini nazarda tutadi.
Mazkur yondashuv ko‘kalamzorlashtirishga yangicha talab qo‘yadi: ekilgan ko‘chatlar soni bilan cheklanmay, ularning yashovchanligi va aholi uchun yaratadigan qulayligi ham e’tiborga olinadi. Buning uchun daraxtlarni muhofaza qilish, ko‘chatlarni parvarishlash va mahallalarni reja asosida yashillashtirish zarur.
Yashil mahalla — bu shunchaki ko‘chat ekilgan hudud emas, balki daraxtlari asrab-avaylanadigan, yashil maskanlari aholiga qulaylik yaratadigan muhitdir.
Sunnatullo Qurbonov,
Ekopolitsiyaning Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i

