Taqiq zarur chora… mi?

Date:

Yoshlarni giyohvandlik xavfidan himoya qilish faqat uning zararini tushuntirish bilan cheklanmaydi. Muhimi, ularda salbiy ta’sirlarga qarshi tura olish, to‘g‘ri qaror qabul qilish va zarur paytda yordam so‘rash ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Shu maqsadda Termiz shahar 2-son texnikumida o‘quvchilar ishtirokida giyohvandlikning tibbiy, ruhiy va huquqiy oqibatlariga bag‘ishlangan davra suhbati hamda ochiq muloqot tashkil etildi. Mutaxassislar va psixologlar ishtirokidagi uchrashuvlarda zararli odatlarning inson hayotiga ta’siri, xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari tushuntirildi.
Bunday profilaktik ishlarning samarasi yoshlarni shunchaki ogohlantirishda emas, balki ularni to‘g‘ri tanlov qilishga o‘rgatish, muammolarini ochiq ayta oladigan muhit yaratish va sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirishda namoyon bo‘ladi. Shu bois texnikumda yoshlar bilan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini davom ettirishga e’tibor qaratilmoqda.

Maxsuda Sherbutayeva,
Termiz shahar 2-son texnikumi o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun