“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Ismoilova Xolida Ibodullayevna g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
O‘zbek tilining davlat tili va ona tili sifatidagi nufuzini oshirish, pedagoglarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish hamda ta’lim jarayoniga samarali o‘qitish metodlarini keng joriy etishga qaratilgan tanlovda erishilgan ushbu natija Xolida Ismoilovaning kasbiy mahorati va mehnatiga berilgan munosib bahodir.
Boysunlik ustozning respublika miqyosidagi yutug‘i Surxondaryo ta’lim sohasi vakillari uchun ham quvonchli voqea bo‘ldi.

