Harbiy qismda onalar mehmon

Date:

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda “Askar ota-onalari harbiy qism mehmoni” tadbiri o‘tkazildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ota-onalarni farzandlarining xizmat sharoitlari, harbiy qismda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida mehmonlar harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan yashash va ta’lim sharoitlari, sport hamda madaniy hordiq maskanlarini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, muddatli harbiy xizmatchilarni oliy ta’limga tayyorlash va kitobxonlikni rivojlantirish borasidagi amaliyotlar ota-onalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Harbiy qism madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda milliy armiyada amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir badiiy chiqishlar bilan davom etib, faol harbiy xizmatchilarning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Mazkur uchrashuv armiya va oila o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik, mas’uliyat va fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun