Tarix sahnasida adolat sabog‘i

Date:

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida namoyish etilgan “Adolat fasli” tarixiy drama spektakli tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim asari asosida sahnalashtirilgan ushbu asarda Sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruvi, adolat tamoyillari va yurt ravnaqi yo‘lidagi faoliyati badiiy talqin qilindi.

Rejissyor Farhod Boltayev tomonidan sahnalashtirilgan spektakl, rassom Xayrulla Chorshanbiyev yaratgan sahna yechimlari hamda aktyorlarning mahoratli ijrosi bilan tarixiy voqealarni bugungi kun bilan uyg‘unlashtira oldi. Asar tomoshabinlarni nafaqat Amir Temur davriga sayohat qildirdi, balki adolat, mas’uliyat va vatanparvarlik kabi umuminsoniy qadriyatlar haqida mushohada yuritishga undadi.

Namoyishda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, madaniyat va san’at vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Bugungi globallashuv davrida tarixiy xotirani asrash, buyuk ajdodlar merosini yoshlar ongiga singdirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu ma’noda “Adolat fasli” spektakli madaniy hayotdagi muhim voqea bo‘lib, milliy o‘zlikni anglash, tarixiy merosga hurmat va adolat g‘oyalarini targ‘ib etishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun