Abdulla Oripov merosi Xyustonda ham yashaydi

Date:

AQSHning Texas shtati, Xyuston shahrida Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning uy-muzeyi ochildi. Muzey shoir umrining soʻnggi yillarini oʻtkazgan xonadonda tashkil etilib, undan ijodkorning qoʻlyozmalari, shaxsiy buyumlari, kitoblari va hayot yoʻliga oid qimmatli eksponatlar oʻrin oldi.

Ochilish marosimida shoirning turmush oʻrtogʻi Xanifa aya, farzandlari, nabiralari, shuningdek, AQSHda istiqomat qilayotgan vatandoshlar, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Mazkur uy-muzey nafaqat atoqli adib xotirasini abadiylashtirish, balki oʻzbek adabiyoti va madaniyatini xalqaro miqyosda targʻib etish yoʻlidagi muhim qadam sifatida eʼtirof etilmoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston davlat madhiyasi muallifi bo‘lgan Abdulla Oripov merosining xorijda ham eʼzozlanayotgani milliy qadriyatlarimizning dunyo miqyosidagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Taʼkidlash joizki, uy-muzey tashkil etish tashabbusi ilk bor Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Qashqadaryodagi uchrashuvlardan birida ilgari surilgan bo‘lib, ushbu ezgu g‘oya bugun amaliy ifodasini topdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalliy biznes rivoji – milliy iqtisodiyot tayanchi

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan...

Gaz “teshiklari” yopilmoqda

Tabiiy gaz bugungi kunda dunyoda eng muhim energiya manbalaridan...

Bugunning ehtiyoji, ertaning kafolati

Har qanday davlatning rivojlanishi uning energiya ta’minoti bilan bevosita...

4 292 marotaba reyd

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy...
KunTun
KunTun