Voleybol va stol tennisida g‘olib…

Date:

Sport sog‘lom turmush tarzining asosidir. Keng omma o‘rtasida sportni targ‘ib etish, turli sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlash ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ayni shu maqsadni ko‘zlagan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Parlament o‘yinlari” sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Qashqadaryoda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi kubogi uchun “Parlament o‘yinlari” sport musobaqalarining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatidan ko‘ngilli sportchilar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi va badminton turlari bo‘yicha bahslashishdi. Musobaqa qiziqarli va qizg‘in tus oldi. Kichik futbol maydonchasidagi futbolchilar to‘p surar ekan, bir-birlarining darvozalariga gol urib, g‘olib bo‘lish uchun bor mahoratlarini ishga soldilar.

Stol tennisida esa chaqqonlik asosiy ro‘l o‘ynadi. Voleybol va badminton o‘yinlari ham qiziqarli kechdi. Bir so‘z bilan aytganda musobaqada Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputatlari sportning voleybol hamda stol tennisi turi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun