“Zartepa”da uch avlod uchrashuvi

Date:

Yoshlar uchun katta avlod vakillarining hayot yo‘li, boy tajribasi katta hayot maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Xatolarni takrorlamaslikka, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga, kechagi kunidan ibrat olib, bugunidan foydalanishga, ertangi kunga ishonch bilan boqishga o‘rgatadi. Ayni shunday qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan uch avlod uchrashuvi Qiziriq tumanidagi “Zartepa” mahallasida ham bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda pir-u badavlat nuroniylar, o‘rta va yosh avlod vakillari ishtirok etdi. Bir piyola choy ustida bo‘lib o‘tgan samimiy suhbat barchaning ko‘nglida o‘ziga xos taassurot qoldirganiga shubha yo‘q. Ayniqsa, mehnat faxriylarining fidokorona hayot yo‘llari haqidagi hikoyalari, qiziqarli voqealarni barcha maroq bilan tingladi.

O‘zbekning to‘y-u shodiyonasida doimo kurashlar, ko‘pkarilar tashkil etilgan. Asosiysi xalq estetik zavq olib, ma’nan xordiq chiqarishlari maqsad qilingan. Ayni an’analarni davom ettirgan uchrashuvda sportning kurash musobaqasi tashkil etildi. Polvon bolalarning maydonga tushib kurash tushishlari, shahd bilan kurashishgani tomoshabinlarning hayqirig‘iga, olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun