Yangi tibbiyot majmuasi foydalanishga topshirildi

Date:

Tibbiy xizmat har doim zarurat masalasi. Bu boradagi islohotlar, risoladagidek shart-sharoit yaratish, tibbiy xizmat ko‘rsatishda malakali mutaxassislarni jalb etish ishlari davlat ahamiyatidagi masala bo‘lib kelmoqda. Ayni shu jihatlarning amaliy ifodasi sifatida Angor tumanida 260 oʻrinli 1 ta markaziy shifoxona, 1 ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, 6 ta oilaviy poliklinika va 2 ta oilaviy shifokorlik punkti tuman ahliga tibbiy xizmat koʻrsatib keladi. Tibbiy xizmatni yanada yaxshilash maqsadida zarur shart-sharoit va qulayliklarga ega yana bir yangi tibbiyot majmuasining foydalanishga topshirilishi angorliklar ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi.

Aytish kerakki, ushbu majmuada 50 o‘rinli xirurgiya va 30 o‘rinli shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari binosi ham qurib bitkazilgan. Investitsiya dasturi asosida 12 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo bo‘lgan ushbu to‘rt qavatli bino zarur jihozlar, tekshirish, muolaja uchun zarur ashyolar bilan ta’minlangan. Sog‘ligidan shikoyati bor angorliklar uzoq yo‘l bosib viloyat markaziga yoki poytaxtga borishiga hojat qolmadi. Malakali mutaxassislarning jalb etilgani yanada qulaylik yaratadi.

Majmuaning ochilish marosimida tuman hokimligi va tibbiyot birlashmasi mas’ullari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun