Durdona “Vladivostok-2022”dan oltin medal bilan qaytmoqda…

Date:

O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targancha viqor bilan yugurayotgan Durdona Tursunovaning ko‘zlarida yosh. Quvonch yoshlari. Sababi u Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlari musobaqasida tengdoshlari safida ishtirok etdi va birinchi o‘rinni egallab, oltin medal bilan ona yurtga qaytmoqda.
Taassurotlar esa cheksiz. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan yosh sportchilar bilan tenglashish, maydonga tushish osonmas. Buning uchun tinimsiz harakat, o‘z ustida ishlangan mahorat kerak. Durdona o‘z mahoratini ko‘rsata oldi. Kurashga tushib, raqiblarini “halol” yengdi. O‘zbek qiziga, Barchinga xos kelbat va shijoat ila kurashdi. Yuzi yorug‘ bo‘lib, ustozlari va yaqinlari bildirgan ishonchni oqladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun