Gulxan atrofida uchrashuv

Date:

Oy va yulduzlar miltirab turgan oqshom pallada gulxan atrofida jam bo‘lishning gashti o‘zgacha. Chirsillab yonayotgan olov, samimiy va do‘ston muhit. Bunday jarayonda qurilgan suhbat ham ko‘ngilga hush yoqadi. Yaxshi o‘y-xayollarga, ezgu maqsadlarga boshlaydi. Muhimi, siz bu aurani qabul qilishga tayyor bo‘lishingiz lozim.
Termiz shahar ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi tashabbusi bilan Termiz shahar “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida ayni shunday gulxan atrofida uchrashuv tashkil etildi. Uzundan-uzun va’zxonlik bo‘ladigan majlislar zalidan zerikkan yoshlar uchun bu uchrashuv ayni muddao bo‘ldi.
Tinchlik va osoyishtalikni targ‘ib etgan uchrashuvda ichki va tashqi tahdidlarga qarshi kurashmoq lozimligi, insoniylik, vatanparvarlik g‘oyalari bilan yashash, o‘z oldimizga katta-katta maqsadlar qo‘yish zarurat ekani yoshlar ongiga singdirildi. Bugungi yosh avlodning o‘z mustaqil fikri bor. Ozmi-ko‘pmi jamiyat hayotida daxldorlik hissi ila yashayotganini ularning so‘zlari isbotlab turibdi.
“Vatanparvarlik – yuksak g‘oyaviy tuyg‘u” mavzusida tashkil etilayotgan noan’anaviy tarzdagi uchrashuvlar zamon talabi. Yoshlarni kattalarga xos emas, kattalar yoshlardek bo‘lishni o‘rganishlari, ulardek fikrlab, ular bilan do‘stona muloqotlar uyushtirishlari, bir maqsad yo‘lida olg‘a qadam tashlashlari lozim.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun