“Folklor musiqa”ning faoliyatidan

Date:

Yosh avlod ongu shuuriga ezgulik va nafosat tuyg‘ularini singdirib, estetik-ma’naviy kamolotga yetkazishda o‘zbek milliy raqs san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyos. Milliy raqslarimizda xalqimizning o‘lmas qadriyatlari, insoniy fazilatlari, milliy an’analari aks etadi.
Raqs harakatlari oddiy harakatlar emas, unda sohir tuyg‘ular mujassam. Raqqosa buni his etishi, ohangda yashashi lozim. Ana shundagina raqqosa, ohang bilan bir butunlik kashf etadi. Qiziriq tumanidagi Barkamol avlod bolalar maktabiga qarashli 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Folklor musiqa” to‘garagida raqs san’ati ana shunday qarash bilan o‘rgatiladi. To‘garak rahbari Muhayyo Poyonova o‘quvchi-qizlarning har bir harakatini, o‘y-xayollarini san’at darajasida bo‘lishini uqtiradi. Raqsda yashash lozimligini aytishdan erinmaydi. Ta’til kunlarida vaqtini mazmunli o‘tkazayotgan qizlar milliy raqs san’ati sirlarini o‘zlashtirishayotir. Ularning raqslarini tomosha qilgan borki, estetik zavq oladi. Davrada xirom aylashlaridan hech bir professional raqqosalardan qolishmayotganiga ishonch hosil qiladi. Buning siri esa bitta — qunt bilan o‘rganish va malakali ustozning yondashuvi.

Sohibjamol Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sotsiologiya — zamonaviy jamiyatni anglash kaliti

Bugungi kunda jamiyat misli ko‘rilmagan tezlikda o‘zgarib bormoqda. Raqamli...

Sport festivali g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari o‘rtasida...

Imkoniyat emas, iroda g‘alaba qozondi

Nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘zlarining qat’iyati, matonati va tinimsiz mehnati...

Hosildorlik oshiriladi

Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlikka erishish, ilg‘or agrotexnik usullarni ommalashtirish...
KunTun
KunTun