Mahalla ahlining quvonchi cheksiz

Date:

Uyimizda suv jo‘mragini ochishimiz bilan obihayot oqishni boshlaydi. Iste’moldan tashqari boshqa maqsadlarda ham foydalanishni odat qilganimiz toza ichimlik suvi bilan to‘la ta’minlanmagan hududlar hali-hamon mavjud. Qiziriq tumanidagi “Kunchiqish” mahallasidagi 50 ta xo‘jalik ayni shunday sharoitda istiqomat qiladi. Toza ichimlik suvini olisdan tashib keltirishadi. Tasavvur qiling, bu jarayon yog‘ingarchilik va jazirama issiq kunlarda aholiga qanchalik qiyinchilik tug‘dirishini.

Tuman hokimi R.Pardayev va IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari G‘.Xo‘jamqulov muammoga munosib yechim topishdi. Mahalla hududiga 55 metr truba quvuri keltirib o‘rnatildi. Mutasaddilarning tashabbusi bilan endi 50 ta xo‘jalik ham toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

Hilola Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun