Kechagi saboq — bugun uchun ibrat

Date:

Viloyat pedagogik mahorat markazida o‘tkazilgan ma’rifiy-ma’naviy seminar yana bir bor milliy adabiyotimizning beqiyos namoyandasi Abdulla Qodiriy siymosini yod etish, uning boy ijodiy merosini chuqur anglashga xizmat qildi.

“Abdulla Qodiriy – millat iftixori” mavzusida tashkil etilgan ushbu tadbir nafaqat adib tavalludining 132 yilligiga bag‘ishlandi, balki uning asarlarida mujassam bo‘lgan milliy ruh, tarixiy xotira va insoniy qadriyatlarni yana bir bor yuksak e’tirof etish imkonini berdi.
Seminar davomida so‘zga chiqqanlar Abdulla Qodiriyning hayot yo‘li, murakkab taqdiri hamda o‘zbek romanchiligi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdilar. Ularning chiqishlari adibning nafaqat yozuvchi, balki millat uyg‘onishiga xizmat qilgan ma’rifatparvar sifatidagi qiyofasini ham ochib berdi.
Tadbirning eng ta’sirli jihatlaridan biri – adib ijodidan o‘qilgan parchalar, monologlar va sahna ko‘rinishlari bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan ijro etilgan bunday chiqishlar Qodiriy asarlaridagi obrazlarni jonlantirib, tomoshabinlarni o‘sha davr muhitiga go‘yo sayohat qildirgandek taassurot qoldirdi. Bu esa seminarni oddiy ma’ruza shaklidan chiqarib, uni chinakam ijodiy va ruhiy tajribaga aylantirdi.
Ushbu tadbir nafaqat buyuk adib xotirasini yod etish, balki yosh avlod qalbida adabiyotga mehr, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. Abdulla Qodiriy merosi – bu o‘tmish saboqlari, bugun uchun ibrat va kelajak uchun yo‘lchi yulduzdir.

Shodmon
Mahmadiyorov,
Angor tumanidagi
13-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...

Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida...

Portal imkoniyatlari kengayadi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari...
KunTun
KunTun