“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Date:

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda. Loyihaning maqsadi – aholiga qulay, xavfsiz va zamonaviy yashash sharoitlarini yaratishdir.

Tumanning “Yangi diyor” mahallasida jami 30 ta ko‘p qavatli turar-joy binolari bunyod etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 2 ta binoda faol qurilish ishlari olib borilmoqda. Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov ishlarni ko‘zdan kechirib, sifat va muddatlarga rioya etilishi yuzasidan aniq tavsiyalar berdi.

Shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirilmoqda: 2 ta zamonaviy suv inshooti quriladi, 16 km ichimlik suvi tarmoqlari tortiladi, transformator punkti barpo etiladi, 4,5 km elektr tarmoqlari yangilanadi, 16 km ichki yo‘llar asfaltlanadi, 5 km salomatlik yo‘laklari tashkil qilinadi va 210 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi.

Mazkur bunyodkorlik ishlari hududni zamonaviy, qulay va obod yashash maskaniga aylantirib, aholining turmush darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun