“Yashil maydon”lar kengaymoqda

Date:

Prezidentimiz “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etib, Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start berdi. Tadbir mamlakatimiz bo‘ylab keng qamrovda tashkil etildi — 14 ta hudud studiyalari videoaloqa orqali ulanib, joylarda ham yashil hududlar barpo etish ishlari boshlandi.

Davlatimiz rahbarining yaqinda imzolagan farmoniga muvofiq, 2030-yilga qadar respublikada umumiy yashillik darajasini 30 foizga, jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil hududlar hajmini esa 10 kvadrat metrga yetkazish ustuvor vazifa etib belgilandi.

Mazkur maqsadlar doirasida hududlarda yirik ekologik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Surxondaryo viloyatida ham 10 ming gektar maydonda “yashil makon” barpo etish rejalashtirilgan.

Bugun Surxondaryo viloyati studiyasidan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, faollar hamda mutasaddilar Angor tumanida tashkil etilayotgan “yashil belbog‘” loyihasi hududida daraxt ko‘chatlari ekdi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar hududlarning ekologik barqarorligini ta’minlash, aholiga qulay yashash muhitini yaratish hamda kelajak avlod uchun sog‘lom tabiiy muhitni asrashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun