Loyiha sifatli yakunlanadi

Date:

Muzrabot tumani Chegarachi mahallasida 120 o‘rinli zamonaviy davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi olib borilmoqda. Mazkur loyiha uchun jami 4 milliard 800 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, qurilish ishlari “Husniddin qurilish loyiha” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Ayni paytda obyektda qurilish ishlari yakuniga yetkazilib, ichki va tashqi bo‘yash hamda pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov mazkur bog‘chada olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. U mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, eng asosiysi sifatli tarzda yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Ta’kidlash joizki, ushbu zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilgach, hududdagi bolajonlar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratiladi.

Oldingi sahifaTafakkurning tirik tizimi
Keyingi sahifaSsuda asosida…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun