Mehnati qadr topdi

Date:

Surxondaryo viloyatida 22-mart — Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh fidoyi mahalla faollari tantanali ravishda e’tirof etildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan o‘tkazilgan tadbirda aholi muammolarini hal etish, hududlarni rivojlantirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda faol ishtirok etayotgan xodimlar taqdirlandi.

Xususan, Denov tumanidagi Tasmasoy mahallasi hokim yordamchisi, Qaytmas va Minora mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda Bahoriston mahallasi inspektori samarali faoliyati uchun alohida rag‘batlantirildi.

Bunday e’tirof va rag‘bat bugungi kunda jamiyat tayanchi bo‘lgan mahalla tizimi nufuzini yanada oshirib, xodimlarni yanada mas’uliyat bilan ishlashga undashi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun