Muhim qaror

Date:

Sariosiyolik Abdurashid Xaliqov o‘z hayoti davomida halol mehnati bilan jamg‘argan mablag‘ini eng xayrli ishga sarflashni vasiyat qilgan edi. Uning oila a’zolari ushbu ezgu niyatni davom ettirib, muhim va uzoqni ko‘zlagan qaror qabul qilishdi — 10 kishini Haj safariga yuborish o‘rniga, mahalladagi 82-maktabda zamonaviy kutubxona barpo etishdi.

Bu qaror bugungi kunda jamiyat uchun nihoyatda dolzarb bo‘lgan masalaga — yoshlar tarbiyasi va ilm-ma’rifatni rivojlantirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Yangi barpo etilgan kutubxona hozirda 3000 dan ortiq kitob fondiga ega bo‘lib, o‘quvchilar uchun haqiqiy bilim va tafakkur maskaniga aylangan.

Mazkur xayrli tashabbus davlat miqyosida ham e’tirof etilib, Prezidentimiz tomonidan kutubxonaga yana 500 ta nodir kitob sovg‘a qilindi. Bu esa ilmga berilayotgan yuksak e’tibor va rag‘batning yorqin ifodasidir.

Haqiqatan ham, Haj — ulug‘ ibodat bo‘lsa-da, ilm yo‘liga qilingan bunday sarmoya minglab yoshlar qalbiga nur ulashuvchi, davomiy savob manbai — sadaqayi joriya sifatida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Abdurashid Xaliqovning nomi endilikda kitob o‘qiyotgan har bir o‘quvchining qalbida, ularning yutuqlari va kelajagida yashashda davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...

Uchrashuvdan ko‘ngillar shod

Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev 44-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim...

Universitetda 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va...
KunTun
KunTun