Ochiq mavsum va keng imkoniyatlar

Date:

Turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Xalqaro bozordagi noaniqlik sharoitida O‘zbekistonni xavfsiz va jozibador turistik yo‘nalish sifatida targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu maqsadda aprel–iyun oylariga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda ochiq turizm mavsumi” e’lon qilinadi. Ushbu davrda xorijiy sayyohlarni jalb etish uchun aviakompaniyalarga har bir turist uchun 100 dollardan subsidiya ajratiladi hamda aeroport xizmatlariga 20 foiz chegirma beriladi.

Mahalliy turoperatorlar ham qo‘llab-quvvatlanadi: 1 ming nafar turist jalb qilganlarga 5 ming dollargacha subsidiya berilib, QQSning bir qismi “keshbek” tarzida qaytariladi.

Bundan tashqari, yirik xorijiy blogerlar uchun bepul turpaketlar tashkil etilib, global onlayn platformalarda O‘zbekiston turizmini targ‘ib qilish xarajatlari qoplanadi.

Mazkur chora-tadbirlar mamlakat turizm salohiyatini oshirish, yangi sayyohlarni jalb etish va iqtisodiy faollikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oldingi sahifaMuhim qaror
Keyingi sahifa“Qogʻozsiz bir kun”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun