EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Date:

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi salomatligi va millat kelajagini belgilab beruvchi strategik ustuvor yo‘nalishga aylandi. Ekologiya endilikda ikkinchi darajali masala emas, balki davlat siyosatining ajralmas qismidir. Mazkur masala bugun Sho‘rchi tumani uchun ham bevosita dolzarbdir. Hududda ekologik muammolar inson omili sabab tobora kuchayib, ona tabiatga jiddiy zarar yetkazilmoqda.

CHIQINDI — BEFARQLIK OYNASI

Tumanda eng og‘riqli muammolardan biri — maishiy chiqindilarning belgilanmagan joylarga tashlanishidir. Natijada, tuproq zaharlanmoqda, suv manbalari ifloslanmoqda, atmosfera buzilmoqda. Bu holat ekologik madaniyatning yetarli darajada shakllanmaganidan dalolat beradi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasi ham tanqidiy holatda. Fermer xo‘jaliklarida irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, suv ariqlarini betonlash ishlari sust olib borilmoqda. Natijada, minglab kub metr suv behuda yo‘qotilmoqda. Iqlim o‘zgarishi kuchayib borayotgan bir paytda bu holatni oqlab bo‘lmaydi.

HAVO — KO‘RINMAS, AMMO ENG XAVFLI MUAMMO

Atmosfera havosining ifloslanishi ham jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Ayrim issiqxonalar, hammomlar, g‘isht zavodlari ekologik meyorlarga rioya qilmasdan zararli tutunlarni havoga chiqarmoqda. Bu holat aholi salomatligiga bevosita tahdid solmoqda.

“YASHIL MAKON” — SHUNCHAKI DARAXT EMAS

Muammolarning ildizi — ekologik madaniyat yetishmasligi. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish dolzarb. “Yashil makon” milliy davlat dasturi aynan shu maqsadga xizmat qiladi. Bugun Sho‘rchi tumanida ekologik muammolarni hal etish — kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa. Tabiatni asrash faqat davlat idoralarining ishi emas, balki har bir fuqaroning kundalik burchiga aylanishi shart. Chunki: Tabiatni asrash — o‘z kelajagimizni asrashdir.

Diyor Bekmurodov,

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sho‘rchi tuman Kengashi raisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun