Ramazon hayiti: shukronalik va birlik ifodasi

Date:

Boysun tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki ruh, samimiylik va ezgulik kayfiyatida kutib olindi. Bu yilgi Ramazon oyi har bir inson qalbida chuqur iz qoldirib, sabr-toqat, mehr-shafqat va bag‘rikenglik kabi yuksak insoniy fazilatlarni yanada mustahkamladi.

Bayram tongida tumandagi Boysun jome’ masjidida yuzlab namozxonlar jam bo‘lib, hayit namozini ado etdilar. Ushbu muborak lahzalarda yurtdoshlarimiz Yaratganga shukrona aytib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va kelajagimiz ravnaqi uchun ezgu duolar qildilar.

Tadbirda tuman hokimi Boxadir Shukurov ishtirok etib, barcha aholini Ramazon hayiti bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida u ushbu muqaddas ayyom insonlarni yaxshilikka undashi, jamiyatda mehr-oqibat va o‘zaro hurmatni yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Bugungi kunda bunday ulug‘ bayramlarning dolzarbligi yanada ortib bormoqda. Zero, Ramazon hayiti insonlarni birlashtiradi, qalblarni poklaydi va jamiyatda ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlaydi. Ayniqsa, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish, ota-ona va yaqinlar holidan xabar olish kabi ezgu amallar xalqimizning asriy qadriyatlari sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hokimlar endi aholini shaxsan qabul qiladi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda...

30 yildan oshsa, ekologik to‘lovi bor

O‘zbekistonda 2027-yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan...

Xakatonda g‘olib

Termiz shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Jahongir Mamasoliyev "InfoCheck...

“Sog‘lom ayol — kuchli jamiyat”

Xotin-qizlarni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini...
KunTun
KunTun