Texnikumlarni qanday yangiliklar kutyapti?

Date:

Bir necha yil avval ta’lim tizimida yangi bosqichga chiqqandik. Kasb-hunar maktablari va texnikumlar tashkil etilib, o‘quvchi-yoshlarning ma’lum ixtisoslikka, kasb-hunarga o‘qitish boshlangan edi. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: ho‘sh, bu tizim o‘zini oqlayaptimi? Undan ko‘zlangan maqsadchi?
Ayni shu mavzuda davlat rahbari tomonidan o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida bir qancha o‘zgartirish va yangiliklar kiritilgani ma’lum bo‘ldi.
Endilikda texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish bekor qilinadi. Texnikumlarning uchdan biri (eng samarasizlari) tugatilib, ularning o‘rnida monomarkaz va kasb-hunar markazlari tashkil etiladi.
Ayrim texnikumlarda bir yilda 2 marta qabul bo‘ladi. Oliygohlarda o‘qitilayotgan kamida 60 ta yo‘nalish texnikumlarga o‘tkaziladi.
Shu bilan birga xususiy kollej va texnikumlar ochilib, ularni ochgan tadbirkorlarga imtiyoz va rag‘batlar beriladi. Ular bo‘sh va foydalanilmay turgan bo‘sh binolarni ijaraga olishlari mumkin. Xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilar esa 1 million so‘m miqdorda rag‘batlantiriladi.
Ushbu muassasalarda oylik-maosh maktab o‘qituvchilarnikiga tenglashtiriladi.
Yuqoridagi o‘zgarish va imkoniyatlardan kutilayotgani faqat bitta — yoshlar bundan o‘z o‘rnida foydalanib, bildirilgan ishonchni oqlab, faqat va faqat o‘qib o‘rganishlari lozim.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mehnat Rohat” yangi loyihani amalga oshiradi

Surxondaryo viloyati hokim Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumaniga tashrifi davomida...

Yo‘l bo‘ylari obodonlashtirilmoqda

Surxondaryo viloyati hkimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, hududlarning...

Loyihalari tanqidiy o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi ishchi guruh Jarqo‘rg‘on...

Navroʻz — “Yangi Oʻzbekiston”dan boshlanadi

Prezidentning 2026-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq, 2026-yilgi Navroʻz bayramini munosib...
KunTun
KunTun