Angorlik sportchilar bo‘sh kelishmadi

Date:

Angorlik aka-uka Shavkat va Furqat Fayzullayevlar mohir sportchi. Ularning murabbiyligi ostida tayyorlangan sportchi yoshlar yuqori natijalarni qayd etayotgani, albatta, quvonarli hol. Toshkent shahridagi muhtasham Yunusobod sport majmuasida WAKO, ya’ni Butunjahon kikboksing assosatsiyasi tashkiloti tashabbusi bilan sportning kikboksing turi bo‘yicha Uzbekistan open – 2” xalqaro turnirida ham aka-uka murabbiylarning shogirdlari ham munosib ishtirok etishdi.

Xalqaro turnirda 23 davlatdan 2 mingdan ziyod sportchi turli vaznlarda qatnashdi. Aytish kerakki, raqobat kuchli, bir-biridan jismoniy imkoniyat jihatidan bellasha oladigan sportchilar jam bo‘lgan turnir o‘ziga ishonga sportchini-da, hayajonlantirishi tabiiy. Puxta tayyorgarlik ila kelganlar mardi maydon bo‘lishdi. Kuchlar, imkoniyatlar sinovdan o‘tkazilib, angorlik sportchilar ham bo‘sh kelishmadi. Ustozlari ishonchi va mehnatlarini oqlashdi. Asadbek Qurbonov 2-, Abdulaziz Usmonov, Javohir Karimov, Asilbek O‘ralovlar esa 3-o‘rinni band etishdi va turnir tashkilotchilarining faxriy yorliqlari hamda medallari bilan mukofatlanishdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun