Inkubatorlar topshirilmoqda

Date:

“Ayollar daftari”ning shakllantirilishi, muammolarni hal etib, manzilli ko‘mak ko‘rsatiladigan tizimning ishlashi, albatta, ishsiz, yordamga muhtoj xotin-qizlarga qo‘l-qanot vazifasini o‘tayapti. Sherobod tumanida ushbu ro‘yxatga 2490 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, ayni vaqtda “Ayollar daftari”ning 1- va 3-toifalariga kiritilgan, ya’ni ishsiz va boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari olib borilmoqda.

Birinchi navbatda ularning bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaiga ega qilish maqsadida tumanda “Ayollar daftari” jamg‘armasidan 200 million so‘m mablag‘ ajratildi va inkubatorlar xarid qilindi. Ayni vaqtda ushbu inkubatolar subsidiya asosida o‘z egalariga topshirilmoqda. 1-sektorda 16 nafar, 2-sektorda 30 nafar, 3-sektorda 25 nafar, 4-sektorda 29 nafar xotin-qiz ana shunday inkubator bilan ta’minlanganidan aytish mumkinki, shuncha xotin-qiz o‘z bandligini ta’minlab, qisqa fursatlarda daromad ko‘rishni boshlaydi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun