Aybsizlik prezumpsiyasining huquqiy maqomi

Date:

Aybsizlik prezumpsiyasi shaxsning aybsizligi asosli mantiqiy va falsafiy uslubga asoslangan bo‘lib, uning qarama-qarshi mazmuni – shaxsning aybini tasdiqlash orqali uning antitezini rad etadi. Mantiqiy-semantik formula aybsizlik prezumpsiyasi bilan bog‘liq holda klassik mantiqiy pozitsiyaga asoslanadi. “Agar u holda, aks holda” (ya’ni, odam boshidanoq aybsiz deb hisoblanadi, agar uning aybi qonuniy ravishda isbotlansa, u aybdor deb topiladi, aks holda u aybsiz qoladi).
Aybsizlik prezumpsiyasi tushunchasi qonunchiligimizda keltirilib, mustahkamlanib qo‘yilgan Jumladan; Bosh qomusimiz hisoblanmish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida: “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha, u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi” deya qayd etilgan.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 23-moddasida” “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi” deyiladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvich yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas. Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyati tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak.
Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi, qonunning umumiy tamoyillaridan biri bo‘lib, ayni paytda halol va jamoat subyekti huquqlari va erkinliklarining eng muhim kafolati bo‘lib, shaxsning huquqiy maqomini ta’minlaydi, bu uning universal maqsadi va nazariy va huquqiy mazmuni bilan bog‘liq bo‘lib, u huquqlar, erkinlik orqali namoyon bo‘ladi.

I.I.Nazarov,
O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi
kursanti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun