Vazir inklyuziv ta’lim jarayonlarini o‘rgandi

Date:

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Surxondaryo viloyatida bo‘lib, hududdagi ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi. Tashrifda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio ishtirok etdi.

Termiz shahridagi 2- va 3-maktablarda yaratilgan sharoitlar, xususan inklyuziv ta’limni rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, ISHONCH “Uzbekistan Vision 2030” jamg‘armasi hamkorligida alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay muhit yaratilgani e’tirof etildi.

Vazir ustozlar va o‘quvchilar bilan muloqot qilib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi hamda ta’lim sifati va inklyuziv muhitni yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Mazkur tashrif hududlarda ta’limda teng imkoniyatlarni ta’minlash, ijtimoiy himoya va xalqaro hamkorlik asosida inklyuziv ta’limni kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun