Raislar malaka oshirmoqda

Date:

Risoladagidek mahalla raisi tashabbuskor, odamlar tashvishi bilan yashaydigan fidoyi inson bo‘lishi kerak. O‘zgarishlar, islohotlar izchillik bilan amalga oshirilayotgan bir paytda mahalla raisi ham barcha yo‘nalishlardagi yangilik va xabarlardan voqif bo‘lishi, huquq va majburiyatlar bilan tanishib borishi shart.
Mahalla raislari malaka oshirib tursa, o‘quv va seminarlarda ishtirok etib, bilim va ko‘nikmalarini boyitsa, foydadan holi bo‘lmaydi, albatta. Shu maqsadda Angor tumanida faoliyat olib borayotgan mahalla raislari Termiz davlat universitetida bir haftaga moʻljallangan oʻquv-seminar dasturi asosida malaka oshirmoqda.

Seminarda mahalla tizimining tashkiliy-huquqiy asoslari, mahalla raislarining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, mahalladagi beshlik (hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika noziri) bilan yakdillikda hamda hokimlar, sektor rahbarlari, mahalliy kengash va davlat organlari bilan hamkorlikda ish olib borishlari batafsil tushuntirilayotir.
Mavzular qiziqarli interfaol usulda yotilyapti. Shu sababdanmi har bir seminar-trening, amaliy mashgʻulotlar ishtirokchilar diqqat markazida. Mavzuga munosabat, fikr-mulohazalarning bildirilishidan sezish mumkinki, malaka oshirishdan ko‘zlangan maqsad o‘zini oqlayapti.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun