Qing‘irlarning poyi qirqildi

Date:

Bugungi kunda tadbirkorlik har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgan, ishbilarmon doira vakillari uchun keragidan ortiq sharoit yaratilayotgan bir paytda ham noquniuy xatti-harakatlar bilan ish bitirishdan tab-tortmaydiganlar ham oramizda borligi yomonda.

Qing‘ir yo‘llar bilan iste’molga yaroqsiz mahsulotlani vohaga olib kirishga urinish bu birnichi galda qonunbuzarlik bo‘lsa, ikkinchidan ushbu mahsulotlar aholining sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazishi turgan gap. Buni anglagan va ko‘ra  bila turib, fuqarolar sog‘ligiga ziyon keltiradigan mahsulotni hududga olib kirishni o‘ylagan kishi tadbirkor emas, shubhasiz, makkordir. Biroq qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin ham chiqadi, deganlaridek, bu kabi ish ko‘ruvchilarning ham tanobini tortib qo‘yadiganlar bor albatta.

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash maqsadida fuqarolar va ayrim tadbirkorlar tomonidan yurtimizga noqonuniy olib kirilgan, tegishli hujjat hamda ruxsati mavjud boʻlmagan navbatdagi mahsulotlarni yoʻq qildi.

Termiz tumani Kattaqum massividagi maxsus poligonda hamkor tashkilotlar va xolislar ishtirokida 10 turdagi 337 million soʻmlik isteʼmolga yaroqsiz dori vositalari, 30 dona alkogol va belgilangan tartibga koʻra aksiz markalanmagan 10 quti tamaki mahsulotini zararsizlantirildi. 

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning oʻtgan davrida MIB viloyat boshqarmasi va uning tuman, shahar hududiy boʻlimlari tomonidan orgtexnika, alkogol, tamaki, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlardan iborat jami 1 milliard 912 million 506 ming soʻmlik isteʼmolga yaroqsiz tovar-moddiy boyliklar yoʻq qilingan.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun