Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida

Date:

Turli ziddiyatlar, ma’naviy xurujlar kuchayib borayotgan hozirgi zamonda kelajak egalari bo‘lmish yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning bandligini oshirish, turli tadbirlarga jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shubhasizki, insonning bo‘sh vaqti ko‘paygan sari ongini ma’naviy bo‘shliq egallay boshlaydi. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqa, kitobxonlik tadbirlari – barcha-barchasi yoshlarni birdamlikka, ularning vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashadi.

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini va ilm olishga intilishni targ‘ib qilish yo‘lida tong sahardan “Gulbahor” mahallasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan sport musobaqalari boshlanib ketdi. Unda o‘tkazilgan shaxmat va voleybol sport o‘yinlarida nafaqat yoshlar, balki o‘rta yoshlilar, yoshi ulug‘lar ham birdek qiziqish bildirishdi.

Tadbir doirasida viloyat hokimi To‘ra Bobolovning “Gulbahor” mahallasi yoshlari va aholi vakillari bilan “Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida” shiori ostida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar yakunida qatnashuvchilarga turli esdalik sovg‘alari ulashildi.

Mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus doirasidagi keng qamrovli ishlar davlatimiz fuqarolarini yuksak marralar sari ruhlantirmoqda.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun