“Ikki hunarmand ayol yaxshi tashabbusga qo‘l urishdi”

Date:

Xonadonimiz bezagi ham, issig‘-u sovuqdan asrovchi vosita ham gilamdir. Ularni tanlashda rangi, naqshlari, sifatiga alohida e’tibor beramiz. Asosiysi uy jihozlari va dizayniga qolipdan mos tushsa bo‘lgani.

Bugungi kunda gilamlar katta-katta sexlarda, zavodlarda maxsus texnika va uskunalar yordamida to‘qib tayyorlanadi. Momomeros gilamdo‘zlik san’atiga ehtiyoj yo‘qdek tuyiladi. Ammo, uni ommalashtirish orqali milliy an’ana va qadriyatlarni tiklash bilan birga mahalliy aholining bandligini ta’minlash, daromad manbaiga ega qilish maqsad qilingan.

Qiziriq tumanidagi “Karmaki” mahallasida istiqomat qiluvchi Iroda Murodova va Oysanam Hasanovalar gilam to‘qishning ustasi. Sifatli va bejirim gilamlari mahallada anchayin xaridorgir. Ikki hunarmand ayol yaxshi tashabbusga qo‘l urishdi. Ular mahalladagi ishsiz, ammo gilamdo‘zlikka qiziqishi bor xotin-qizlarni to‘plashdi-da, hunarlarini o‘rgatishni boshlashdi.

Ayni paytda jarayon qig‘in kechayotir. Dastgoh qarshisida o‘tirgan shogirdlar borki, mehnatlari evaziga yaratilayotgan yaratiqdan zavqlanib, to‘qishga ishtiyoqlari oshgan. Jamoa to‘qigan gilamlar esa zumda egasini topib, buyurtmalar ham qabul qilinayotgani ishlar “besh” ekanidan dalolat.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun