Qiziriqning “Qalqon”i bormi?!

Date:

Yaqinda Qiziriq tumani “Rabotak” mahallasi qoshida o‘zida vatanparvar ko‘ngilli yoshlarni jamlagan “Qalqon” jamoatchilik guruhi tashkildi. Ular jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashib, tungi paytlarda mahalla hududida navbatchilik qilar, ko‘chalar va jamoat joylarida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borishadir. Yaxshi-da, yoshlar bo‘sh vaqtini bekorchilik bilan o‘tkazmay, osoyishtalik uchun hissa qo‘shish bilan birga, o‘zgalarga-da ko‘zgu tutgandek, tartib-intizomga, foydali ishlarga bosh qo‘shish lozimligini uqtirishayotgandek.

Ammo, guruh a’zolarining hamkorlikda ishlashi, fuqarolarning ularga quloq tutishi uchun na bir moslamasi, na maxsus libosi bor. Shunga qaramay jonbozlik ko‘rsatayotgan jonkuyar yoshlarga mahallada biriktirilgan hokim yordamchisi N. Alisherov homiyligida maxsus kiyim-bosh, aloqa vositasi (ratsiya) va tungi yoritish fonari olib berilgani ayni muddao bo‘ldi. Va ushbu vositalardan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Mahallada jamoat tartibini saqlashda vijdonan xizmat qilib kelayotgan “Qalqon”dan mahalla ahli minnatdor.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun