Jasur polvon birinchi

Date:

G‘oliblik polvonga o‘ziga ishonch hissini beradi. G‘oliblik sergaklik, o‘z ustida ishlash uchun kuch beradi. Kuragini yerga tekkizmaslik uchun mehnatda, mashaqqatlarda toblanishga o‘rgatadi. “Men g‘olib” shiori ostida Milliy kurash va tosh ko‘tarish sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqalarning viloyat bosqichida bilagida kuchi borlar maydonga tushdi.

Jarayonni kuzatish ham maroqli, ham hayajonli. Mardlarning maydonga tushishi, bir-birlariga to‘qnashgan nigohlarlarni, belbog‘idan ko‘tarib, bir aylantirib, halol kurashganlarni ko‘rib, ta’sirlanmaslikning, olqishlamaslikning iloji yo‘q. Ha, kurash halol bo‘ldi. Kurash qiziqarli va shiddatli, kutilmagan burilishlarga boy bo‘ldi.

Men g‘olibman degan, mardlar ichra mardi maydon esa bitta bo‘ladi. Milliy kurash bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda 81+ kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Termiz tumani “Quyoshli yurt” mahallasida yashovchi Jasur Shukurov barcha raqiblarini yer tishlatdi. Faxrli birinchi o‘rin bilan musobaqaning final bosqichiga ishtirok etish uchun yo‘llanmani naqd qildi.
Musobaqa so‘ngida esa g‘oliblar tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari va medallar bilan taqdirlandi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun