“Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishning dastlabki natijalari

Date:

Byudjet mablag‘larining sarflanishida siz-u bizning ham fikrimiz inobatga olinib, jamiyat hayotida tub burilishlar bo‘lyapti, atrofimiz obod, muammolar yechim topyapti. Ayniqsa, joriy yilda Prezident tomonidan qabul qilingan qarorga asosan “Ochiq byudjet” axborot portali bu yo‘lda katta ko‘makchi. Ayni shu portal orqali jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish jarayonlari oʻtkazilayotir. Jarayonlarda fuqarolar tomonidan 1,5 mingga yaqin taklif kelib tushgan bo‘lib, ularning toʻqson mingdan ortigʻi qoʻllab-quvvatlangan holda ovoz berilganini statistik ma’lumotlar isbotlab turibdi. Jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar doirasida vohamiz boʻylab jami 111 ta taklif gʻolib deb topilib, ularni moliyalashtirish uchun 23,3 milliard soʻm mablagʻ ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Mazkur jarayonlar ilk marotaba oʻtkazilayotganligini hamda joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarning toʻplanib qolganligi, bu o‘z navbatida aholi turmushiga salbiy ta’sir koʻrsatishiga sabab boʻlayotganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Mazkur qaror joriy yilda oʻtkazilgan jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish jarayoni natijalaridan kelib chiqib, aholi tomonidan kelib tushgan oʻrinli va dolzarb takliflar asosida ishlab chiqildi.

Tasdiqlangan hujjatga koʻra fuqarolar tomonidan kelib tushgan takliflarni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”da 1 milliard soʻmdan kam mablagʻ shakllangan 10 ta tuman va shahar uchun qoʻshimcha 4,4 milliard soʻm, “Ochiq byudjet” axborot portal orqali kelib tushgan takliflar soni 100 tadan oshgan 2 ta tumanning har biriga qoʻshimcha 500 million. soʻmdan jami 1,0 milliard soʻm – hammasi boʻlib 5,4 milliard soʻm mablagʻ respublika byudjetidan ajratilishi belgilab qoʻyildi. Bundan tashqari, joriy yilda fuqarolar tomonidan kelib tushgan takliflarning aksariyat qismi joylarda ichki yoʻllarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq tadbirlardan iborat ekanligi ham ushbu sohada yetarlicha muammolar mavjudligidan dalolat beradi. Shu munosabat bilan, qabul qilingan qarorga koʻra, 2022-yildan boshlab tuman (shahar) budjetidan ichki yoʻllarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning 50 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarga yoʻnaltirilishi boʻyicha yangi tartib joriy etilmoqda. Ushbu tartibga muvofiq, joylarda yoʻllarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablagʻlarning teng yarmi aynan fuqarolar tomonidan bildirilgan eng dolzarb deb topilgan muammoli yoʻllarni ta’mirlash uchun yoʻnaltiriladi.

Avval ham ma’lum qilganimizdek, joriy yilda oʻtkazilgan ovoz berish jarayonlarida fuqarolarni yanada keng jalb qilish maqsadida mahallabay ishlar tashkil etilib, joylarda “ovoz berish yarmarkalar”i tashkil etildi. Bu orqali fuqarolarga portaldan foydalanishda amaliy yordam koʻrsatilib, ularga mazkur jarayonlarning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushunchalar berilgan. Ushbu ishlarning davomi sifatida qarorga asosan endilikda har bir mahalla va ovulda “Ochiq byudjet” axborot portalida taklif qoldirish va ovoz berish jarayoniga koʻmaklashuvchi “mobil” guruhlar hamda “tashabbuskorlar burchagi” tashkil etiladi.

Jumladan, Moliya vazirligi va BMTning Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida jalb qilingan xalqaro ekspertlar koʻmagida ishlab chiqilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, institutsional potensialni oshirish hamda tashabbusli byudjet jarayonlarini ochiqligi va shaffofligini ta’minlash kabi masalalarni oʻzida aks ettirgan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Tizimni yo‘lga qo‘yish orqali hududlarda aholini yillar davomida qiynab kelgan dolzarb muammolarning yechimini topish, joylarda infratuzilmani yaxshilash va eng asosiysi ushbu muammolarni hal etilishi fuqarolarning tashabbusi asosida amalga oshirilishiga erishilayotgani quvonarli hol, albatta.

Ulugʻbek Choriyev,

Surxondaryo viloyat Moliya bosh boshqarmasi
bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU talabalari o‘qishni Turkiyada davom ettiradimi?

Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin deyishganidek, til o‘rganishda ham...

Pilla mavsumiga start berildi

Joriy yil pilla hosili uchun birinchi mavsumga start berildi....

Ijodkor yoshlar bellashdi

Ijodkor, qo‘liga qalam tutib, nasr yoki nazmda ijod qilishni...

Mehmonlar yuksak saviyada kutib olinadi

Joriy yilning 1-7-may kunlari “Boysun bahori” xalqaro festivali bo‘lib...
KunTun
KunTun